KPI tizimi
Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida samaradorlikni oshirish, o‘qituvchilar faoliyatini nazorat qilish va tahlil qilish uchun zamonaviy axborot tizimlariga ehtiyoj ortib bormoqda. KPI tizimi o‘qituvchilar faoliyatini tizimli baholash va monitoring qilish imkonini beradi.
Batafsil
Jizzax Politexnika Instituti uchun yaratilgan KPI tizimi institutdagi o‘qituvchilarning faoliyatini tizimli ravishda
baholash va monitoring qilish imkonini beradi.
Tizimning asosiy maqsadlari
1. Faoliyatni baholash: o‘qituvchilarning pedagogik, ilmiy-tadqiqot, o‘quv va tashkiliy ishlar samaradorligini tahlil qilish.
2. Motivatsiya: yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish.
3. Shaffoflik: baholash jarayonida adolatli va ochiq ma'lumotlardan foydalanish.
4. Tahliliy ma'lumotlar: qaror qabul qilishni osonlashtiradigan statistik tahlillar va hisobotlar.
Tizim institut o‘qituvchilarining faoliyat samaradorligini oshirishga, shuningdek, ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Tizimga kirish
Login va parolingizni kiriting.